BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ta’sis etilganining 20 yilligi nishonlandi

Iyun 24, 2026. 16:00 • 2 daq

164
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ta’sis etilganining 20 yilligi nishonlandi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ta’sis etilganining 20 yilligi nishonlandi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ta’sis etilganining 20 yilligi nishonlandi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ta’sis etilganining 20 yilligi nishonlandi

JЕNЕVA, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Jeneva shahrida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 62-sessiyasi doirasida mazkur tuzilma tashkil topganining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Dunyoning turli mintaqalarida inson huquqlarining universalligi va zamonaviy tahdidlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Yevropa Kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamraisligida o‘tgan anjumanda inson huquqlarining universal xususiyatini tasdiqlash hamda global sheriklikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekistonning BMT Jeneva bo‘limidagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov nutq so‘zladi. U ishtirokchilarni yurtimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilingani va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazning BMT tuzilmalari tavsiyalarini muvofiqlashtiruvchi samarali mexanizm sifatidagi roli alohida qayd etildi. Shuningdek, Samarqandda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha global forumning xalqaro ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Anjuman qatnashchilari O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlar huquqlarini ta’minlash hamda davlat dasturlarini Barqaror rivojlanish maqsadlariga integratsiya qilish borasidagi izchil sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish