O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari akademik aloqalarni kengaytirmoqda

Iyun 23, 2026. 15:30 • 2 daq

134
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari akademik aloqalarni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari akademik aloqalarni kengaytirmoqda

GUANCHJOU, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun xorijiy tillar tadqiqotlari universiteti (Guangdong University of Foreign Studies - GDUFS) prezidenti Yan Sianxun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Universitet prezidenti O‘zbekistonda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish jarayonlarini yuqori baholab, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Guangdong xorijiy tillar tadqiqotlari universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

GDUFS 1964-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy tillar, xalqaro tadqiqotlar, iqtisodiyot, biznes, huquq va madaniyatlararo muloqot sohalarida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda oliygohda 30 mingdan ortiq talaba, jumladan, 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi tahsil olmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish