O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Londonda malaka oshiradi
Dekabr 07, 2025. 15:42 • 2 daq
• 530
LONDON, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov London kollej universiteti huzuridagi “UCL Global Business School for Health – UCL Global tibbiyot biznes maktabi”ning Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Devid Haff bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida Devid Haff O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, mazkur yo‘nalishda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini taʼkidladi.
Xususan, UCL bilan hamkorlikda tibbiyotda menejment, shifoxonalarni boshqarish, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, taʼlim, ilmiy tadqiqot hamda liderlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish mumkinligi maʼlum qilindi.
Shuningdek, dasturlar davomida O‘zbekistonlik tinglovchilar Britaniyadagi shifoxonalar hamda NHS (United Kingdom National Health Service) tizimi faoliyati bilan tanishtiriladi.
Kurs davomida O‘zbekistondagi tibbiy muassasalarning faoliyatini takomillashtirish, ularda zamonaviy menejment tizimini joriy etishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlar beriladi.
UCL GBSH – dunyodagi inson salomatligi sohasiga ixtisoslashgan birinchi biznes-maktab hisoblanadi. U salomatlik, biznes, boshqaruv, innovatsiya va global salomatlik iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Dunyo reytinglarida TOP 10 talikdan o‘rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi