O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor
Avgust 30, 2026. 13:00 • 58 soniya
• 187
QOHIRA, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Misr Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi rahbari Odil Abduazim bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur uchrashuvda sentyabr oyining ikkinchi yarmida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bo‘yicha ishchi guruhining Misrga amaliy tashrifi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Misr tomoni chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa bazasini yaratish, yaylovlarni boshqarish va cho‘l hududlaridan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish bo‘yicha tajribasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Bunda “pivot” sug‘orish tizimlaridan foydalanish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi ekinlari va ozuqa mahsulotlarining yangi navlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi