Toshkentda «Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi» II xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi
Oktabr 02, 2026. 09:30 • 2 daq
• 109
RIM, 2-oktabr. /“Dunyo” AA/. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev ushbu tashkilot bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida ayni paytda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, shuningdek, istiqbolda ishga tushirilishi rejalashtirilgan yangi dasturlar muhokama qilindi.
FAO bosh direktori O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar natijasida salmoqli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. U O‘zbekiston rahbarining oziq-ovqat xavfsizligi, irrigatsiya va agrar sohada ilm-fanni rivojlantirish masalalariga qaratayotgan e’tiborini, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslari va yutuqlarini alohida olqishladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi» II xalqaro forumiga (LLDC2) tayyorgarlik ko‘rish hamda forum doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda yuqori martabali vakillarning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi