Britaniyaning nufuzli tashkiloti bilan taʼlim sohasida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Iyul 09, 2026. 15:30 • 2 daq
• 147
LONDON, 9-iyul /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning “VSO International” tashkiloti ijrochi direktori Ketrin Gordon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni 2026–2027-o‘quv yilida davom ettirish imkoniyatlari, loyihaning samaradorligi, erishiladigan natijalar, baholash ko‘rsatkichlari hamda uning mahalliy pedagoglar va o‘quvchilar uchun maqbulligi yuzasidan kelgusida muzokaralar olib borishga kelishildi.
Uchrashuvda taʼlim yo‘nalishlarida, xususan, ingliz tilini o‘rgatish va malaka oshirish sohalarida kelgusida ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
1958-yilda Britaniyada asos solingan “VSO International” xalqaro tashkilotining asosiy faoliyati turli mamlakatlarning uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga ko‘ngillilar ko‘magida bilim va malaka almashinuvi orqali hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan.
So‘nggi 60 yil davomida “VSO International” tashkiloti 90 dan ortiq davlatlarda taʼlim, sog‘liqni saqlash, ayollar va yoshlar tadbirkorligi, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda boshqa qator sohalarni rivojlantirish maqsadida 80 mingdan ortiq yuqori malakali ko‘ngillilarni jalb etgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi