Aichi-Nagoya-2026: Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangilab, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sentabr 29, 2026. 14:30 • 2 daq
• 132AICHI-NAGOYA, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 29-sentabr kungi bahslarida O‘zbekiston sportchilari qator sport turlarida munosib natijalar qayd etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Og‘ir atletika bo‘yicha -110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda 197 kg natija bilan jahon rekordini yangiladi. O‘zbek polvoni siltab ko‘tarishda 226 kg natija qayd etib, ikkikurash yakunida 423 kg bilan Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Boks musobaqalarida -60 kg vaznda Abdumalik Xalokov mezbonlar vakili Shunsuke Kitamotoni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. -80 kg vaznda Fazliddin Erkinboyev esa yarim finalda hindistonlik Ankushga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi.
+90 kg vaznda Jahongir Zokirov ham yarim finalda ringga ko‘tarildi. U eronlik raqibini 2-raunddayoq mag‘lub etdi. Jang mobaynida u raqibini uch marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Bokschimizning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Aybek Aralbay bo‘ladi.
Yengil atletikada Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda 8,06 metr natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sabohat Samijonova 800 metrga yugurishda o‘z guruhida uchinchi bo‘lib, finalga yo‘llanma oldi. Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash finalida Barnoxon Sayfullayeva va Valeriya Gorbatova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 13 ta oltin, 17 ta kumush va 14 ta bronza, jami 44 ta medal mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







