Turkiyadagi jahon chempionatida yosh shaxmatchilarimiz yetakchilik qilmoqda
Dekabr 19, 2025. 21:47 • 43 soniya
• 37
ANTALIYA, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. 16-20-dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtayotgan “FIDE U9-U17 Rapid & Blitz Chess Championship” musobaqasida 33 davlatdan 300 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etmoqda. Oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida beshta yosh toifasida tashkil etilgan musobaqaning rapid bahslari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami – 6 ta) medalni qoʻlga kiritdi.
Ushbu natijalarga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallab turibdi.
9 tur natijalariga asosan, Humoyun Bekmuratov (U15), Asrorjon Omonov (U17) hamda qizlar oʻrtasida Ruqiya Olimova (G15) oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, Madinabonu Xalilova (G15) va Abdumajid Botiraliyev (U13) kumush, Nurmuhammad Neʼmatillaxonov (U9) esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
19-dekabr kuni blis bahslari boshlanib, chempionat 20-dekabrga qadar davom etadi; unda Oʻzbekistondan 36 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi