Xe Chjitsi: O‘zbekiston tobora ochiq, ishonchli va jadal rivojlanayotgan jozibador davlatga aylandi

Avgust 25, 2026. 09:30 • 2 daq

154
Xe Chjitsi: O‘zbekiston tobora ochiq, ishonchli va jadal rivojlanayotgan jozibador davlatga aylandi

GUANCHJOU, 25-avgust. /“Dunyo” AA/.BYD” kompaniyalar guruhi ijrochi vitse-prezidenti Xe Chjitsi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Kompaniyamiz nomidan O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugun mamlakat tobora ochiq, ishonchli va jadal rivojlanayotgan jozibador davlatga aylandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat taraqqiyoti uchun muhim natijalar berib, davlatning jahon hamjamiyatida tobora muhim o‘ringa ega bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

Kompaniyamiz O‘zbekistonning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘layotganidan faxrlanadi. Biz mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda elektromobillar ishlab chiqarish uchun sanoat bazasini yaratdik. Shu bilan birga, yangi ish o‘rinlari tashkil etib, yosh kadrlarning avtomobil sanoatidagi bilim va tajribasini oshirishga harakat qilmoqdamiz.

Bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektromobillar nafaqat mamlakat ichida, balki Markaziy Osiyo bo‘ylab harakatlanmoqda. Bu Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sanoat hamkorligi va aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganining yaqqol dalilidir.

Biz O‘zbekistondagi faoliyatimizni yanada kengaytirish va mamlakatning rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishni davom ettiramiz.

O‘zbekistonga tinchlik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yuksak bosqichlarga ko‘tarilaversin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish