Rossiyaning Omsk shahrida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Noyabr 06, 2026. 14:30 • 49 soniya
• 62
OMSK, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Omsk shahrida “Belman” qurilish obyektida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida fuqarolarga Rossiya qonunchiligi va xavfsizlik qoidalariga, jumladan, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, ish haqini o‘z vaqtida olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston fuqarolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Bosh konsulxona hamda Novosibirsk shahridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasining ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi