O‘zbekiston XMTning Polshadagi missiyasi bilan migratsiya va bandlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Yanvar 25, 2026. 10:00 • 45 soniya
• 155
VARSHAVA, 25-yanvar. /“Dunyo” AA/. Elchixona tomonidan Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Polshadagi missiyasi rahbari Liviya Stip-Rekovska bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Endryu Grey ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
Suhbat davomida migratsiya masalasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida fikr-mulohaza almashildi. “Toshkent migratsiya va mobillik forumi – 2026”da polyak delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash, XMT missiyasi bilan hamkorlikda Polshada mehnat yarmarkalarni tashkillashtirish, ushbu davlatdagi noqonuniy maqomga ega bo‘lgan fuqarolarimiz uchun amnistiya qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, XMT bilan hamkorlikda “Ayol qismati” o‘zbek kinosining Varshava shahri kinoteatrlarida taqdimotini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritildi.
O‘z navbatida, Liviya Stip-Rekovska Polshadaga migratsiyaga masʼul bo‘lgan IIV va Chegara xizmati vakillaridan iborat yuqori darajali delegatsiyaning mazkur forumda ishtirokini taʼminlash bo‘yicha polyak tomoni bilan muzokaralar olib borishini maʼlum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
