O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasida ishlayotgan vatandoshlarning ish va yashash sharoitlari bilan tanishdilar
Yanvar 20, 2026. 18:22 • 51 soniya
• 161VLADIVOSTOK, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Primorsk o‘lkasida faoliyat olib boruvchi “D5 Engineering” MCHJda mehnat qilib kelayotgan 125 nafar O‘zbekiston fuqarolari va ish beruvchi – korxona rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Fuqarolarimiz bilan uchrashuv davomida ularning mehnat faoliyatini olib borayotgan ish joylari, yaratib berilgan turar joy va umumiy ovqatlanish binolari, mehnat sharoitlari hamda ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishi kabi masalalar o‘rganib chiqildi.
Shundan so‘ng, ularga Bosh konsulxona tomonidan olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati, Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan vaziyatlarga aralashmaslik lozimligi, yoshlar orasida diniy ekstremistik g‘oyalarni taʼsiriga tushish, narkotik moddalarini noqonuniy aylanishiga jalb qilinish holatlari ortib borayotgani tushuntirildi. Bunday harakatlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qilishi taʼkidlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Vatandoshlarga mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


