O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi

Iyul 23, 2026. 18:00 • 2 daq

165
O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi
O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi
O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi
O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi
O‘zbekiston milliy stendi Polshadagi xalqaro yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi

DROXICHIN, 23-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillari Droxichin shahrida bo‘lib o‘tgan “IV Droxichin yarmarkasi”da milliy stend bilan ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mahalliy hokimlik va madaniy markazlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, diplomatik korpus vakillari, sayyohlar hamda shahar aholisidan iborat 800 nafardan ortiq mehmon qatnashdi.

Yarmarka doirasida 150 nafardan ziyod ishtirokchi o‘z mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, milliy taomlari va madaniy dasturlarini namoyish etdi.

Anjumanning ochilish marosimida Podlyask voyevodaligi marshali o‘rinbosari Yatsek Piorunek, Droxichin meri Voysex Borzim, shahar madaniyat markazi direktori Rafal Sivek va boshqa rasmiylar so‘zga chiqdi.

Elchixona vakillari o‘z chiqishlarida mamlakatimizda milliy madaniyat, urf-odatlar, xalq amaliy sanʼati hamda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning turistik salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari, quruq mevalar, milliy liboslar va hunarmandchilik namunalari taqdim etildi. Shuningdek, yarmarka mehmonlari uchun alohida palov tayyorlanib, milliy choy marosimi tashkil etildi hamda nay sozida jonli musiqiy chiqishlar namoyish qilindi.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Polshadagi ijobiy imijini yana-da mustahkamlash va mahalliy jamoatchilik bilan amaliy aloqalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.

Ko‘rgazmada qatnashgan keng jamoatchilik vakillari mamlakatimiz haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bayon etdi.

O‘rta maktab pedagogi Mixal Tomakning taʼkidlashicha, O‘zbekiston milliy stendi unda mamlakat haqida yana-da katta taassurot qoldirgan. U o‘zbek meva-sabzavotlarining taʼmini yuqori baholab, O‘zbekistonning tarixiy va sayyohlik maskanlarini shaxsan ko‘rish istagini bildirdi.

Madaniyat markazi xodimi Ola Djimala esa joriy yil noyabr oyida oilasi bilan O‘zbekistonga safar qilishni rejalashtirayotganini aytib, mamlakatning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘st xalqi bilan yaqindan tanishishni intiqlik bilan kutayotganini qayd etdi.

Voyevodalik fotosuratchisi Agneshka Gumbrixt O‘zbekiston stendi milliy musiqa, anʼanaviy cholg‘u ijrosi, rang-barang liboslar va mazmunli axborot materiallari bilan bezatilganini yuqori baholadi. Uning fikricha, bunday xalqaro tadbirlar mamlakat madaniyati va anʼanalarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish