Logo

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yangi turizm qishlog‘i barpo etildi

Yanvar 05, 2026. 16:05 • 38 soniya

324

TOSHKENT, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. Yangi yil arafasida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga ega Sayrob mahallasiga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Uzbektourism.uz” portalining maʼlumotiga ko‘ra, ming yillik tarixga ega Sayrob mahallasi o‘zining betakror tabiati, milliy urf-odatlari, anʼanaviy meʼmorchiligi va boy madaniy merosi bilan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador hudud hisoblanadi. “Turizm qishlog‘i” maqomining berilishi hududda sayyohlik infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga ulkan hissa qo‘shadi.

Sertifikatni topshirish marosimida qayd etilganidek, mazkur tashabbus Sayrob mahallasining turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, hududni mamlakatimiz turizm xaritasida yana-da mashhur maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish