Logo

O‘zbekiston­ va Misr o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Dekabr 28, 2025. 10:00 • 2 daq

403
O‘zbekiston­ va Misr o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekiston­ va Misr o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

QOHIRA, 28-dekabr. /“Dunyo” AA/. Misr poytaxtida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Misrning sayyohlik kompaniyalari vakillari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida elchixona diplomatlari O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatda xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘zladi. O‘zbekistonga turistik sayohatlarni rejalashtirayotgan Misr fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi, amaldagi yengillik va imtiyozlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Ishtirokchilarga mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish etildi. Unda Buxoro, Xiva, Samarqand kabi tarixiy shaharlar, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi zamonaviy sayyohlik maskanlari haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbirda qatnashish uchun O‘zbekistondan Qohiraga tashrif buyurgan Buxoro davlat universiteti tarix va huquq fakulteti dekani Bobir Namozov va professor Alisher Ochilov O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maʼruza qildi va Buxoroning sayyohlik maskanlari haqida gapirdi.

Misrlik yozuvchi va ekspert Ahmad Tarabek O‘zbekiston va Misrni bog‘lab turgan tarixiy shaxslar haqida maʼlumot berib, o‘zining “Misrdagi o‘zbeklar tarixi” kitobi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda misrlik bloger Mustafo Abu Ravashning yurtimizga tashrifi davomida tayyorlagan “O‘zbekiston misrliklar nigohida” nomli videoroligi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari vakillari hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish hamda muntazam ravishda sayyohlik turlarini tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish