Belgiyaning yetakchi turoperatori bilan O‘zbekistonga qo‘shma turlarni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi

Iyul 04, 2026. 14:30 • 56 soniya

193
Belgiyaning yetakchi turoperatori bilan O‘zbekistonga qo‘shma turlarni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi

BRYUSSEL, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning “Daybreak Travel” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida mamlakatimizning turizm salohiyatini Belgiya va Lyuksemburg bozorlarida targ‘ib etish, shuningdek, mahalliy turoperatorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Belgiya tomoni sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirib, O‘zbekistonni Xitoy va tarixiy Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq qo‘shma marshrutlarga kiritish istiqbolli ekanini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrifni o‘zida mujassam etgan qo‘shma turlarni ishlab chiqish imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikni davom ettirish, sayyohlik tadbirlari to‘g‘risida axborot almashish va turoperatorlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish