Logo

Bryusselda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish qilindi

Aprel 21, 2026. 19:58 • 2 daq

488
Bryusselda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish qilindi

BRYUSSEL, 25-aprel. /“Dunyo” AA/. Belgiya poytaxtida O‘zbekiston elchixonasi va “Foreign Integration” kompaniyasi vakillari hamkorligida tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, turizm va madaniyat sohasi mutaxassislari qatnashdi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar, infratuzilmani yaxshilash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, ziyorat, gastronomik va ekologik turizm imkoniyatlari alohida taʼkidlandi. Yevropa davlatlari tomonidan O‘zbekiston turistik bozoriga qiziqish ortib borayotgani qayd etildi.

Taqdimot davomida xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston bilan yana-da faol hamkorlik qilish va Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etish taklif qilindi.

Tadbir doirasida milliy liboslar, jumladan matolardan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari namoyish etildi. Mehmonlarga mamlakatning turistik imkoniyatlari haqida video-roliklar namoyish etilib, o‘zbek milliy taomlari tortiq qilindi.

Ishtirokchilar tadbirni yuqori baholab, O‘zbekistonning turistik salohiyatini Benilyuks davlatlarida keng targ‘ib qilishga qiziqish bildirdi. Ularning fikricha, ushbu tadbir O‘zbekistonning Belgiya, NiderlandiyavaLyuksemburgbilan turizm sohasidagi hamkorligini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish