Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg'oniston elchisini qabul qildi

Iyul 11, 2025. 14:30 • 35 soniya

1145
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg'oniston elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afg'oniston elchisi Abdul G'affor Teraviyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Afg'onistonning mamlakatimizdagi Elchisi Abdul G'affor Teraviy janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik. Biz Afg'onistonda barqaror rivojlanishni doimo qo'llab-quvvatlaymiz.

Afg'onistonni mintaqaviy va global ta'minot zanjirlariga integratsiya qilish muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Shubhasiz, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, o'zaro bog'liqlikni kuchaytirish va faol sheriklikni ilgari surish keng mintaqamizda barqarorlik va farovonlikka xizmat qiladi".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish