O'zbekiston "Jahon kriminologiyasining ilg'or tajribalari" II xalqaro forumiga mezbonlik qildi
Noyabr 18, 2025. 12:44 • 3 daq
• 67
SAMARQAND, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqand shahrida "Jahon Kriminologiyasining ilg'or tajribalari" bo'yicha II xalqaro forumi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forumni O'zbekiston Respublikasi IIV vaziri o'rinbosari, polkovnik Ashropov Ramazon Axmatxo'jayevich, vazir nomidan ochib berdi.
Ushbu tadbir Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi. Ikki kunlik forumda xalqaro tashkilotlar, qator davlatlar politsiya rahbarlari va jahon kriminologlari hamda yetuk olimlari ishtirok etishdi.
Forumni O'zbekiston Respublikasi IIV vaziri o'rinbosari, polkovnik Ashropov Ramazon Axmatxo'jayevich, vazir nomidan ochib berdi.
Mazkur forum O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 15-yanvardagi PQ–22-son qaroriga muvofiq o'tkazildi.
Forumda Vengriya, Qatar, Hindiston, Xitoy, Belarus, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Tojikiston va Qirg'iziston mamlakatlarining politsiya idoralari va kriminologik tadqiqot tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, qator nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda, jumladan:
UNODC — BMTning Jinoyat va narkotiklar bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy boshqarmasi;
TIKA — Turkiya Hamkorlik va taraqqiyot agentligi;
GIZ — Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati.
Shu bilan birga, tadbirda Rossiya Federatsiyasi IIVning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari ham ishtirok etib, huquq-tartibot sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilishdi.
Forum qatnashchilariga IIV tomonidan Samarqand shahridagi "Mahalla yettiligi", IIVning turizm xavfsizligini ta'minlash hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'linmalari ish faoliyatlari ham tanishtirildi.
Forumning eng muhim natijalaridan biri sifatida qator davlatlar politsiya va tadqiqot tuzilmalari bilan hamkorlikni tubdan kuchaytirishga qaratilgan hujjatlar tayyorlanildi.
Xususan, Vengriya, Hindiston, Rossiya, Qatar, Turkiya, Xitoy, Belarus, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston politsiya idoralari va kriminologiya sohasidagi tadqiqot tashkilotlari bilan quyidagi sohalar bo'yicha kelishuvlar rejalashtirilgan:
• xalqaro hamkorlik protokollarini imzolash;
• jinoyatchilikni chuqur va kompleks o'rganishga qaratilgan qo'shma tadqiqotlar;
• mintaqalar bo'yicha tahdidlarni baholash va xorijdan kirib kelishi mumkin bo'lgan jinoyatlar yuzasidan qo'shma protokollar;
• ekspertlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot dasturlari va axborot almashinuvini yo'lga qo'yish.
Jumladan, forum yakunida quyidagi rasmiy hamkorlik memorandumlari imzolandi:
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti (federal davlat muassasasi) bilan ilmiy va amaliy tajriba almashish;
Rossiya Federatsiyasi Ural davlat yuridik universiteti bilan kriminologiya va huquqni muhofaza qilish sohasidagi akademik va tadqiqot hamkorligi;
Vengriyaning "Ludovika" Davlat Xizmati Universiteti, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fakulteti bilan o'quv va ilmiy dasturlarni rivojlantirish;
Turkiya Milliy Politsiya Akademiyalari bilan professional tayyorgarlik va malaka oshirish bo'yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.
Ushbu tashabbuslar mamlakatlar o'rtasida kriminologiya va huquqni muhofaza qilish sohasida bilim va tajriba almashinuvini yana-da kengaytirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilg'or amaliyotlarni tatbiq yetish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, Qatar Amirligi bilan xodimlar stajirovkasi, Qatar va O'zbekiston jinoyatchiligini o'zaro tadqiq qilish qo'shma loyihalari ishga tushirish masalasi ko'rib chiqildi.
Forum yakunida jinoyatchilikni oldini olish va tadqiq qilishda Xindiston, Vengriya, Xitoy, Belarus, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston davlatlari politsiyasi hamda tadqiqot tashkilotlari bilan xalqaro qo'shma loyihalar ishga tushirish kelishib olindi.
Ushbu tashabbuslar kelgusida kriminologik tadqiqotlarning ilmiy va amaliy samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Samarqandda o'tkazilgan mazkur forum jinoyatchilikka qarshi global kurashda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berayapti. Tadbir ilmiy amaliyot, ekspertlar tajribasi va amaliy hamkorlikning birlashgan platformasi sifatida yuksak baholandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Olmaotadagi ko'rgazmada O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi
Islomobodda O'zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi