Olmaotadagi ko'rgazmada O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi
Noyabr 26, 2025. 18:23 • 39 soniya
• 98
OLMAOTA, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Olmata shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari "Atakent" ekspo-markazida bo'lib o'tgan "Buyuk Ipak yo'lining qayta tiklanishi" nomli xalqaro ko'rgazmada ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu xalqaro ko'rgazmada davlat tashkilotlari xodimlari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibidan yirik tadbirkorlar va o'z ishlab chiqarishiga ega bo'lgan 40 dan ortiq kompaniya vakillari o'rin oldi.
Ko'rgazma davomida sertifikatlash va standartlash, turizm, konsalting, yuridik va buxgalteriya xizmatlari yo'nalishlarida yalpi sessiyalar tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston va Qozog'iston tadbirkorlarining B2B uchrashuvlari ham bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan o'zbekistonlik tadbirkorlarga tovarlar importi, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, davlat va xususiy korxonalar bilan hamkorlik qilish bo'yicha Qozog'iston qonunchiligi va talablari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Islomobodda O'zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi