Vladivostokda vatandoshlarning farzandlari uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi
Yanvar 01, 2026. 13:18 • 39 soniya
• 176VLADIVOSTOK, 7-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan Primorsk o‘lkasida faoliyat yurituvchi o‘zbek diasporasi va vatandoshlar ishtirokida o‘zbekistonlik bolalar uchun Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Primorsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi tashkiloti vakillari, o‘lkada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz va ularning farzandlari, O‘zbekistonlik talaba yoshlardan iborat 150 nafardan ortiq hamyurtlar qatnashdi.
Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zbek milliy kiyimlarida qator sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, yosh bolalar tomonidan bayramga bag‘ishlangan sheʼrlar o‘qib eshittirildi. Vladivostok shahrida faoliyat yuritayotgan o‘zbek sanʼatkorlarining musiqiy chiqishlari tadbirning yuqori saviyada o‘tishiga xizmat qildi.
Tadbir davomida 80 nafar o‘zbekistonlik bolalar uchun Bosh konsulxona va homiylar tomonidan “Yangi yil” sovg‘alari taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

