“Karavan Info” AA: O‘zbekistonda 3,5 GVt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya obyektlari qurilishi boshlandi
Dekabr 10, 2025. 18:24 • 56 soniya
• 64
MOSKVA, 10-ekabr. /“Dunyo” AA/. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami 3,5 ming megavatt (3,5 GVt) quvvatga ega yangi qayta tiklanuvchi energiya obyektlari qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Karavan Info” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu loyihalarga kiritiladigan investitsiyalar qiymati 3,3 milliard dollarni tashkil etadi. Tashabbusni amalga oshirish mamlakatning energetik xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlash va toza energiya manbalariga o‘tishni tezlashtirishga imkon beradi.
Shuningdek qayd etilishicha, islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘ldi. Turkiyaning Aksa Elektrik kompaniyasi bilan Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kompaniya tarmoqlarni yangilashga sarmoya kiritish, ularning texnik holatini yaxshilash va elektr energiyasidagi yo‘qotishlar darajasini ikki barobar kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu har yili qariyb 20 million dollar iqtisod qilish imkonini beradi.
“Mamlakat hukumati investorlar uchun sheriklik modelini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 2025 yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari elektr tarmoqlarini boshqarish ham xususiy investorlar uchun ochiq bo‘ladi. 2027 yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari tarmoqlari uchun xuddi shunday jarayon rejalashtirilgan”, – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga oshishi kutilmoqda