Logo

Xitoyning nufuzli “Xinhua” Axborot Agentligida O'zbekiston Prezidenti maqolasi e'lon qilindi

Dekabr 12, 2025. 09:00 • 2 daq

53
Xitoyning nufuzli “Xinhua” Axborot Agentligida O'zbekiston Prezidenti maqolasi e'lon qilindi

PEKIN, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning nufuzli “Xinhua” Axborot Agentligida O'zbekiston Prezidentining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o'tamiz, maqola joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi arafasida nashr etilgan edi. Ushbu maqola butun dunyo axborot makonida keng tarqaldi va ekspert-tahlil doiralari vakillarining yuksak baholariga sazovor bo'ldi.

Unda mintaqaning rivojlantirish istiqbollari, umumiy muammolar tahlili va ularga maqbul yechimlar taqdim etilgan.

Maqolada ilk bor “Yangi Markaziy Osiyo” tushunchasi tilga olingan bo'lib, bu atama mintaqa davlatlarining tinchlikni saqlash, barqaror rivojlanishga erishish va mustahkam sheriklik yo'lidagi sa'y-harakatlarini aks ettiradi.

Shuningdek, maqolada Xo'jand deklaratsiyasining imzolanishi bilan mustahkamlangan O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi chegara masalalarining yakuniy tartibga solinishi mintaqaviy o'zaro hamkorlikning yangi bosqichidagi eng muhim yutuqlardan biri ekanligi ta'kidlangan.

Bundan tashqari, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mexanizmining ahamiyati, mintaqani dunyoning yetakchi davlatlari va birlashmalari bilan bog'laydigan “Markaziy Osiyo plyus” formatining kengayib borayotgan geografiyasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Davlat rahbari fikrlarini quyidagicha xulosalagan: “Kuch va imkoniyatlarimizni birlashtirib, umumiy vazifalarni hal etmoqdamiz, shuningdek, xalqaro hamjamiyatga tinch va bunyodkor hamkorlikning vaqt va hayot sinovidan o'tgan – ishonch, yaxshi qo'shnichilik va o'zaro qo'llab-quvvatlashga asoslangan o'z modelimizni taklif etmoqdamiz. Va bugun Markaziy Osiyoni keng mintaqamizda yashayotgan barcha millat va xalqlar uchun yagona tinchlik, farovonlik va taraqqiyot makoniga aylantiradigan ushbu tarixiy sur'atni saqlab qolishimiz har qachongidan ham muhimdir”.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish