Logo

Britaniyaning nufuzli kompaniyasi bilan oliy taʼlim sohasida hamkorlik o‘rnatiladi

Yanvar 28, 2026. 18:38 • 57 soniya

212
Britaniyaning nufuzli kompaniyasi bilan oliy taʼlim sohasida hamkorlik o‘rnatiladi

LONDON, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyada oliy taʼlim muassasalariga strategik boshqaruv va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi nufuzli “Southern Universities Management Services” (SUMS) kompaniyasi rahbari Joel Arber bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Britaniyaning eng yetakchi universitetlari bilan ishlaydigan ushbu professional konsultantlar jamoasining O‘zbekiston oliy taʼlim tizimiga zamonaviy boshqaruv qarorlarini tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. “SUMS” rahbari o‘z chiqishida O‘zbekistonning yaqin kelajakda mintaqadagi eng yirik taʼlim xabiga aylanish uchun barcha zarur salohiyatga ega ekanini eʼtirof etdi.

Uchrashuvda “SUMS” kompaniyasining universitetlar uchun strategik rejalar ishlab chiqish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish va raqamli transformatsiyani amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik tajribasi taqdimot qilindi. Ayniqsa, Britaniya universitetlarining xorijiy mamlakatlarda o‘z kampuslarini tashkil etishi hamda OTMlar o‘rtasida “qo‘shma diplom” (dual diploma) dasturlarini yo‘lga qo‘yishda kompaniyaning ko‘magi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Tomonlar taʼlim sifatini yaxshilash va boshqaruvda innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va milliy taʼlim boshqaruvida xalqaro standartlarni joriy etish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish