Logo

Turkiya OAV: Bo‘lajak oliy darajadagi sammitda O‘zbekiston bilan munosabatlarga yangi surʼat bag‘ishlanadi

Yanvar 29, 2026. 12:56 • 2 daq

7

ANQARA, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga rasmiy tashrifi arafasida Turkiya ommaviy axborot vositalari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlarini keng yoritib, bo‘lajak oliy darajadagi sammit haqida yozmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Sabah”, “Ahaber”, “TV100”, “Turkgün”, “M Star, “Independent Türkçe”, “Takvim”, “Haber Turk”, “Milliyet”, “Aksam”, “TRT Avaz”, “TRT Haber”, “CNN Turk”, “Bengü Türk”, “Haber Global”, “Yeni Şafak” kabi nufuzli OAVda bu borada turkum materiallar eʼlon qilindi.

Materiallarda qayd etilishicha, tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Turkiya–O‘zbekiston Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

“Uchrashuvda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlar batafsil muhokama qilinadi, – deyiladi maqolalarda. – Bu yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy va shartnomaviy asosiga salmoqli hissa qo‘shadigan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda”.

Savdo hajmining o‘sishi, mudofaa sanoati, energetika va transport yo‘laklari kabi muhim mavzulardan tashqari, muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

Uchrashuvlar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro voqealar yuzasidan atroflicha fikr almashilishi kutilmoqda. Tashrifning eng muhim manzillaridan biri O‘zbekiston tomonidan mamlakat tashqarisida ochilgan birinchi maktabga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘ladi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish