Logo

Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi

Dekabr 04, 2025. 10:21 • 34 soniya

397
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi

KOPENGAGEN, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. “Uzasiaexport” savdo platformasi orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor Daniyaga oziq-ovqat va quruq meva mahsulotlari eksporti amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur shartnoma Daniyaning oziq-ovqat importi bilan shug‘ullanuvchi yirik “Eurofoods Aps” kompaniyasi bilan tuzildi va mahsulotlar sifat, ekologik tozalik hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi asosida tanlab olindi.

Samarqand viloyati Urgut tumani korxonasi tomonidan umumiy qiymati 19 tonna bo‘lgan mag‘iz va turshak buyurtmaga asosan yetkazib berildi.

O‘zaro muzokaralar, tahlillar va logistika jarayonlari natijasida ushbu eksport bitimi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Bu O‘zbekiston uchun nafaqat yangi savdo imkoniyatlarini ochdi, balki mamlakatimiz eksport geografiyasini yana bir davlatga kengaytirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish