Logo

Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi

Dekabr 17, 2025. 11:20 • 45 soniya

294
Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi

ORXUS, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillarining Daniyaning Orxus shahriga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda diplomatlar ushbu shaharda vatandoshlarni birlashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston tashabbuslari” uyushmasi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur diaspora tashkiloti vakillari bilan uning madaniy-maʼrifiy faoliyati, yoshlar tashabbuslari va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, madaniy-turistik tadbirlarni faollashtirish, vatandoshlarning intellektual salohiyatini O‘zbekiston taraqqiyotiga jalb qilish, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uyushma vakillari bilan hamkorlikda Orxus shahri va uning atrofida yashovchi hamyurtlarimiz ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Vatandoshlarga O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xorijdagi vatandoshlarni birlashtirish, ularning muammolarini hal etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Tashrif doirasida vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etilib, tegishli konsullik-huquqiy maslahat va xizmatlar ko‘rsatildi.

Uchrashuv yakunida 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish