Logo

O‘zbekiston diplomatalari Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasi yodga oldi

May 09, 2026. 10:30 • 2 daq

94

LYOYDSEN, 9-may. /“Dunyo” AA/. Niderlandiyaning Lyoydsen shahrida O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi tashabbusi bilan munosabati bilan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Rastxof” qabristoni hududida joylashgan Sovet shon-sharaf maydonida o‘tkazilgan tadbirda elchixona vakillari, shahar meri Gerolf Baumister, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, talabalar, o‘quvchilar hamda Niderlandiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida Niderlandiya hududida halok bo‘lib, mazkur xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar sovet askari, shu jumladan 101 nafar o‘zbekistonlik jangchining qabriga gul qo‘yildi.

Ishtirokchilar Lyoydsenda dafn etilgan o‘zbek askarlari qabrini ziyorat qilish va gul qo‘yish xayrli hamda muhim anʼanaga aylanib borayotganini taʼkidladi. Bunday tadbirlar orqali Ikkinchi jahon urushida og‘ir talafot ko‘rgan o‘zbek jangchilarining xotirasiga hurmat bajo keltiriladi, ularning jasorati esa kelajak avlodlarga yetkaziladi.

Tadbirda qatnashgan vatandoshlar tinchlik va ozodlik yo‘lida jon fido qilgan 101 nafar yurtdoshimiz xotirasini asrab-avaylash yosh avlodning muhim maʼnaviy burchi ekanini alohida qayd etdi.

Marosim davomida harbiylar dafn etilgan qabristonlarni obod qilish, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan saʼy-harakatlar eʼtirof etildi. Shuningdek, halok bo‘lgan askarlarning, jumladan o‘zbekistonliklarning shaxsini aniqlash yo‘lidagi ishlar uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortiq etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish