Logo

Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

Dekabr 09, 2025. 14:51 • 1 daq

74
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

KUALA-LUMPUR, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi tomonidan Malayziyada taʼlim olayotgan talabalarimiz ishtirokida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi koordinatorlari ham ishtirok etdi. Ishtirokchilarga yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida diplomatlarimiz tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti talabasi Abduboriy Vakilov ham O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barchani tabrikladi:

- Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq va ravshan belgilab berdi. Bosh qomusimiz xalqmiz farovonligini taʼminlash uchun xizmat qilishiga ishonaman.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan biz yoshlar uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Jumladan, yoshlarning xorijda taʼlim olishi va kasb o‘rganishi uchun keng sharoitlar yaratilayotgani bizni behad quvontirmoqda. Ushbu yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, kelajakda O‘zbekiston rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishni o‘zimga maqsad qilib qo‘yganman.

Fursatdan foydalanib, barcha vatandoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

 

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish