Belarusda o‘zbek davlat ramzlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Dekabr 09, 2025. 10:31 • 58 soniya
• 80MINSK, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) hamda Belarus milliy texnika universiteti (BMTU)da tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda vatandoshlar davlat ramzlari – O‘zbekiston Konstitutsiyasi va madhiyasi haqida so‘z yuritdi.
2025/2026 o‘quv yilida BMTUda 119 nafar, BDIRUda 59 nafar o‘zbekistonlik talabalar qo‘shma taʼlim dasturlari asosida kunduzgi shaklda tahsil olib kelmoqda.
Tadbirda elchixona diplomatlari davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiya milliy g‘urur, birdamlik va mustaqillik timsoli sifatida muhim ahamiyatga egaligi, ramzlar xalqning o‘ziga xosligini, tarixini, madaniyatini ifodalab, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, mamlakatning suverenligi va barqarorligini ko‘rsatishga xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida shuningdek, talabalar o‘rtasida “Siz konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida viktorina savol-javoblari o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston fuqarolarining Belarusda bo‘lish tartibi, amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya etish lozimligi, diniy ekstremistik oqimlarga qo‘shilmaslik va shu kabi boshqa masalalarda profilaktik suhbat o‘tkazildi. Qolaversa, Elchixona konsullik xizmatlari va fuqarolarning konsullik hisobiga turishi to‘g‘risida ham talabalarga maʼlumot berildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar assotsiatsiyasi faoliyati, tashkilotning yoshlar bilan ishlash va ular bilan hamkorlik qilish masalalarida ham so‘z yuritildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Primorsk o‘lkasida vatandoshlar bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Trnavada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

