Frankfurt-Mayn shahrida Germaniya va Chexiyadagi vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi
Oktabr 13, 2025. 16:47 • 38 soniya
• 74
FRANKFURT-MAYN, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Frankfurt-Mayn shahrida Germaniya va Chexiyada tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi va "Humo" nemis-o'zbek madaniy jamiyati ko'magida tashkil etilgan sport musobaqasi turli yoshdagi va turli millat vakillaridan iborat yurtdoshlarimizni birlashtirdi.
Turni o'zbek yoshlarini sportga keng jalb etish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, Germaniyadagi o'zbek yoshlar hamjamiyatini mustahkamlash, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada Germaniyaning turli federal shtatlaridan, shuningdek, Chexiyadagi hamyurtlarimizdan iborat o'n oltita jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida "Halle" va "Nihol" jamoalari o'zaro bellashdi.
Yakunda "Halle" jamoasi g'alaba qozonib, turnir kubogini qo'lga kiritdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi