Logo

Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi

Mart 04, 2026. 20:11 • 2 daq

171
Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi
Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi

NOVOSIBIRSK, 7-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashdi, deya xabar qilmoqda Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirda Qirg‘iziston, Tojikiston va Myanma konsullik idoralari rahbarlari, Armaniston va Qozog‘istonning faxriy konsullari ishtirok etdi.

Gubernator Andrey Travnikov iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, Novosibirsk va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslanganini qayd etdi.

O‘zbekiston Bosh konsuli Aslam Akbarov 2025-yilda amalga oshirilgan hududlararo hamkorlik natijalari va joriy yilga mo‘ljallangan rejalar haqida maʼlumot berdi. Xususan, Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda taʼlim sohalaridagi aloqalar faol rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Novosibirsk shahridagi “Aziya-Sibir” o‘zbek ulgurji taqsimot savdo markazi faoliyati, 2025-yil iyul oyida o‘tkazilgan biznes-forum va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi delegatsiyalar almashinuvi hamkorlikning muhim natijalari sifatida qayd etildi.

Rejaga ko‘ra, Novosibirsk viloyati delegatsiyasi shu yil 20–22-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Shuningdek, joriy yil yozida Novosibirskda ikkinchi biznes-forum tashkil etilishi va unda Farg‘ona hamda Surxondaryo viloyatlari ishbilarmonlari qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish