Logo

Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston vakillari Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi dolzarb sheriklik masalalarini muhokama qildi

Aprel 14, 2026. 12:09 • 2 daq

285
Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston vakillari Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi dolzarb sheriklik masalalarini muhokama qildi

DEHLI, 14-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchisi Alok Dimri bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikka oid masalalar, xususan, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan SHHT doirasida yadroviy xavfsizlik yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiyasini qabul qilish tashabbusi muhokama qilindi.

Hindiston vakili mazkur dolzarb masala Dehli tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib chiqilayotganini maʼlum qildi. Deklaratsiya loyihasi mazmun-mohiyati va ahamiyati Hindistonning xalqaro xavfsizlik sohasidagi yondashuvlariga muvofiqligi qayd etildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlatning SHHT doirasidagi hamkorligi bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Tashkilot kun tartibini iqtisodiy yo‘nalish bilan uyg‘unlashtirish, jumladan, uning platformasidan Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida infratuzilmaviy va investitsiyaviy loyihalarni muvofiqlashtirish va ilgari surishda samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, SHHT doirasidagi madaniy-gumanitar aloqalarga ham eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish