O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idora rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga ustuvor vazifa sifatida qaramoqda
Aprel 19, 2026. 14:00 • 2 daq
• 158
TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antaliya shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan iliq va samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini qayd etildi.
Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ushbu munosabatlarning barqaror va izchil rivojlanishi uchun mustahkam hamda uzoq muddatli poydevor yaratilgan.
Barcha darajalarda samarali muloqotlar izchil davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘smoqda, bunda tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortib bormoqda.
Hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yana-da kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qilindi.
Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari uchun qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi