Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Antaliyada Bangladeshning yangi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Aprel 19, 2026. 12:30 • 2 daq

398
O‘zbekiston TIV rahbari Antaliyada Bangladeshning yangi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bangladesh tashqi ishlar vaziri Xalilor Rahmon bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Antaliya diplomatik forumi doirasida Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Halilur Rahmon janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, ­­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Hamkasbimni ushbu masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklab, uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladik.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda mavjud salohiyatdan yana-da samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Bangladesh bilan mintaqaviy va ko‘p tomonlama platformalarda aloqalarni yana-da mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish