O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri TDT TIVKning norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi
Aprel 19, 2026. 10:34 • 2 daq
• 444
TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/ O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Antaliyada Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishini o‘tkazdik va hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlariga, jumladan transport, energetika, “yashil” transformatsiya, raqamlashtirish va innovatsiyalarga alohida eʼtibor qaratdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Shuningdek, tashkilotning institutsional rivoji, “TDT plyus” formati doirasida aloqalarimizni kengaytirish, tashqi sheriklar bilan amaliy va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdik.
Biz mintaqaviy hamkorligimizni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy masalalarni hal qilish uchun birgalikda ishlashni davom ettiramiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi