Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Antaliyada Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Aprel 18, 2026. 18:57 • 50 soniya

102
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Antaliyada Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Antaliya diplomatik forumi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga janoblari bilan uchrashdik, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik”.

“Dunyo”AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish