O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Aprel 19, 2026. 15:00 • 59 soniya
• 132
TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Olivye Ndxungirexe diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
“Ruanda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 167-davlat bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olivye Nduhungirehe bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladik.
Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini o‘rnatish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini ham imzoladik.
Ushbu hujjatlarning imzolanishi, shubhasiz, O‘zbekistonning Afrika qitʼasi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishi yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi