Iroq biznes-delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurmoqda
Yanvar 13, 2026. 19:07 • 43 soniya
• 263TOSHKENT, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonga tashrif buyurgan Iroq biznes-delegatsiyasi Toshkentdagi “Akfa”, “Krember”, “Tashkent Pharma Park”, “Texnopark”, “ARKA” korxonalari hamda “O‘zavtomotors” huzuridagi Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Iroqlik yirik tadbirkorlar oziq-ovqat sanoati, avtomobillar va ehtiyot qismlar, elektrotexnika, mebel mahsulotlari, qurilish materiallari ko‘rgazmalarida bo‘lib, ushbu sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Iroqlik ishbilarmonlar O‘zbekistondagi Farmatsevtika klasteri faoliyati bilan tanishtirildi.
O‘zbekiston va Iroq tadbirkorlari o‘rtasida B2B shaklida uchrashuvlar o‘tkazilib, turli yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Madaniy dastur doirasida Iroqlik tadbirkorlarga O‘zbekistonning gastronomik turizmi imkoniyatlari joylarga borgan holda namoyish etildi. Iroqlik tadbirkor ayollar jamoasi Madina Kasimbayevaning art galereyasi bilan tanishdi.
Mazkur tashrif o‘zbek va iroq tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

