Logo

O‘zbek va ispan ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi

Fevral 26, 2026. 14:46 • 2 daq

123
O‘zbek va ispan ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi

MADRID, 1-mart. /“Dunyo” AA/. Madriddagi Savdo palatasida Qozog‘istonning Ispaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo kengayish jarayonida” mavzusida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir doirasida yurtimizning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyati taqdimoti namoyish qilindi. O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.

Konferensiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish davlatimizning strategik vazifasi ekani taʼkidlandi.

Investitsiya muhitini keng miqyosda transformatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Bir qator tizimli qonunchilik tashabbuslari, jumladan, investitsiyalar to‘g‘risida, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida, maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida qonunlar qabul qilingani, Prezident huzurida Xorijiy investorlar kengashi va Biznes-ombudsman instituti tashkil etilgani taʼkidlandi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi logistika va transport tuguni sifatidagi strategik afzalliklari, xalqaro transport yo‘laklarida, jumladan Osiyo va Yevropani bog‘laydigan O‘rta koridorda joylashgani taʼkidlandi.

6 mingdan ortiq tovar pozitsiyalari uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga imtiyozli bojsiz kirishni taʼminlaydigan GSP+ rejimiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu Ispaniya kompaniyalari uchun ishlab chiqarishni O‘zbekistonda joylashtirish va keyinchalik Yevropa Ittifoqiga eksport qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Ispaniyaning yetakchi “Empresa Exterior” biznes portalida “Markaziy Osiyodagi strategik alyans: O‘zbekiston va Qozog‘iston ispan kompaniyalariga mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun keng imkoniyatlar taqdim etib, Markaziy Osiyoning asosiy logistika va investitsiya markazlari sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish