Logo

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona delegatsiyasi Polshaning Lodz voyevodaligiga taklif etildi

Aprel 10, 2026. 18:18 • 54 soniya

68
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zona delegatsiyasi Polshaning Lodz voyevodaligiga taklif etildi

VARSHAVA, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Lodz maxsus iqtisodiy hududi rahbari Tomash Sajinski bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan iqtisodiy diplomatiya haqida fikr almashdi.

Polsha tomoni O‘zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar, xususan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy hududi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tomash Sajinski shu yilning may oyida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy hududi va unda faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyani Polshaga taklif etdi.

Ushbu tashrif doirasida Lodz shahrida biznes-uchrashuvlar o‘tkazish, investitsiyaviy imkoniyatlarni taqdim etish hamda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga qaratilgan muzokaralarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish