O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib bormoqda
Yanvar 12, 2026. 11:05 • 50 soniya
• 193
TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 1199 ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonda milliy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy, Rossiya va Turkiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida jamlangan bo‘lib, umumiy hisobda 492 tani tashkil qiladi. Shuningdek, qo‘shni mamlakat sarmoyasining sezilarli ishtiroki sanoatda (129 ta korxona), axborot va aloqa (127 ta), qurilish (82 ta) va boshqa iqtisodiy faoliyat sohalarida (263 ta)ga yetgan.
Bundan tashqari, Qozog‘iston biznesi ishtirokidagi korxonalar qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (21 ta), tashish va saqlash (33 ta), yashash va ovqatlanish xizmatlari (39 ta), hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida (13 ta) faoliyat yuritmoqda.
Ekspertlarning fikricha, qo‘shma korxonalar geografiyasi va tarmoq tuzilmasining kengayishi O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi ishonchning yuqori darajasini aks ettiradi va respublikaning xorijiy investorlar uchun jozibadorligi ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi