O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda
Mart 04, 2026. 09:30 • 54 soniya
• 218DOHA, 4-mart. /“Dunyo” AA/. Yaqin Sharqda davom etayotgan notinch vaziyat tufayli Dohada 500 nafardan ortiq vatandoshimiz mehmonxonalarda qolmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Elchixona xodimlari ularning holidan muntazam xabar olib, zarur amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
3-mart kuni diplomatlar “La Villa” va “OYYO Hotel”mehmonxonalarida bo‘lib, u yerda vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimizning shaxsiy ma’lumotlari asosida ro‘yxat shakllantirildi.
Elchixona “Vatandosh” jamoat fondi bilan birgalikda mehmonxonalarda joylashgan ba’zi muhtoj fuqarolarimizga iftorlik taomlarini yetkazib berdi.
Shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarimiz Hamad shifoxonasiga olib borildi.
Dohada yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqaromizni dafn etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirish jarayoniga ko‘mak berildi hamda Qatardagi tegishli idoralar bilan hamkorlikda janoza marosimi o‘tkazildi.
Ayni vaqtda Qatar havo hududi yopiqligicha qolmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


