Logo

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Litva kompaniyalarini Toshkentda o‘tadigan V Xalqaro investitsiya forumiga taklif qildi

Aprel 18, 2026. 17:32 • 2 daq

130
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Litva kompaniyalarini Toshkentda o‘tadigan V Xalqaro investitsiya forumiga taklif qildi

TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/.  Bugun Antaliya shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Litva tashqi ishlar vaziri Kyastutis Budris bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kyastutis Budris janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. - Suhbat davomida siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va biznes aloqalarini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdik.

Litva kompaniyalarini Toshkentda o‘tadigan V Xalqaro investitsiya forumiga taklif etdik hamda O‘zbekiston–Litva biznes forumlarini tashkil etish yuzasidan kelishib oldik.

Shuningdek, qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

Biz ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasida O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi hamkorligini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashga tayyorligimizni ta’kidladik”.

“Dunyo” AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish