O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri TDT TIV rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Mart 07, 2026. 22:00 • 59 soniya
• 280
TOSHKENT, 7-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘z vaqtida tashkil etilgan ushbu uchrashuv uchun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanga minnatdorlik bildiramiz.
Muhokamalar mintaqaviy va global xavfsizlikka tobora ortib borayotgan tahdidlar hamda mamlakatlarimiz o‘rtasida birdamlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlashning muhimligiga qaratildi.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni va barqarorlik, o‘zaro bog‘liqlik va izchil rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan asosiy tashabbuslarni ilgari surishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi