Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Finlyandiya Prezidenti bilan uchrashdi

Mart 09, 2026. 18:30 • 1 daq

117
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Finlyandiya Prezidenti bilan uchrashdi

TOSHKENT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Xelsinki shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni bugun qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Xelsinki shahrida Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Finlyandiya yetakchisiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz O‘zbekiston - Finlyandiya kun tartibining barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish