O‘zbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari muzokaralar chog‘ida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar
Mart 09, 2026. 15:50 • 2 daq
• 129
TOSHKENT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xelsinkida Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Finlyandiya hamkorligining ijobiy dinamikasi va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik. Xususan, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdik.
Shuningdek, mintaqaviy jarayonlar hamda xalqaro platformalar doirasida yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirishni davom ettirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdik. Ikki tomonlama kun tartibi boy va istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lib, aloqalarimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab qo‘shma tashabbuslar va bo‘lajak tadbirlarni o‘z ichiga oladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi