Logo

Isroil tadbirkorlari uchun Yangi O‘zbekistonda biznes yuritish istiqbollari muhokama qilindi

Yanvar 23, 2026. 16:18 • 48 soniya

108
Isroil tadbirkorlari uchun Yangi O‘zbekistonda biznes yuritish istiqbollari muhokama qilindi

TEL-AVIV, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Isroil eksport instituti hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda biznes yuritish: Markaziy Osiyo imkoniyatlar markazi” mavzusida vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar, suv xo‘jaligi, energetika, sanoat, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari hamda konsalting sohalarida faoliyat yuritayotgan Isroil biznesining qariyb 70 nafar vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz diplomatlari “O‘zbekistonda biznes – rivojlanishning boshlang‘ich nuqtasi” mavzusida maʼruza qildi. U o‘z murojaatida O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun ishonchli platforma sifatida namoyon bo‘layotganini, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi, qulay investitsiya muhitini va eksport imkoniyatlarini qayd etdi.

Vebinar doirasida savol-javoblar sessiyasi ham o‘tkazilib, uning davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda biznes ochish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha amaliy maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, tomonlar ishbilarmonlik muloqotini yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish