Logo

“Hauptstadtecho”: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasi islohotlarni amalga oshirishda amaliy dastur bo‘lmoqda

Yanvar 10, 2026. 13:28 • 2 daq

374
“Hauptstadtecho”: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasi islohotlarni amalga oshirishda amaliy dastur bo‘lmoqda

BERLIN, 13-yanvar. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “Hauptstadtecho” nashrida O‘zbekiston yetakchisining parlament va xalqqa Murojaatnomasi bo‘yicha maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishini anglatuvchi strategik hujjat sifatida talqin qilingan. YIM hajmi 2010-yillar o‘rtasidagi 60–65 milliard dollardan 145 milliard dollargacha oshgan, iqtisodiyotning o‘rtacha o‘sish surʼati esa 6 foiz atrofida saqlanib qolgan.

Muallifning taʼkidlashicha, Murojaatnoma mamlakatning uzoq muddatli raqobatbardoshligi, ichki konsensus va xalqaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan amaliy strategik yo‘l xaritasidir.

Murojaatnomada aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar va hududlar aholisi uchun barqaror ish o‘rni hamda doimiy daromad manbai ijtimoiy farovonlikning asosiy omili sifatida baholangan. Shu maʼnoda, hujjatda belgilangan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish choralari aynan shu talablarga javob berishi ekanligi qayd etilgan.

Xalqaro tashkilotlar - xususan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Osiyo taraqqiyot banki tadqiqotlarida ham bandlikka yo‘naltirilgan siyosat ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash va jamiyatda ishonchni mustahkamlashda eng samarali vositalaridan biri ekani yozilgan.

“Prezident Mirziyoyev Murojaatnomasi navbatdagi islohotlar bosqichi uchun amaliy dastur bo‘lish bilan birga, mamlakatning uzoq muddatli raqobatbardoshligi va xalqaro sheriklar ishonchini mustahkamlaydigan strategik dastur vazifasini o‘taydi”, - deya xulosa qilingan nemis matbuotida.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish