Misrlik investor Jizzaxda qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda
Sentabr 17, 2025. 11:34 • 55 soniya
• 126
QOHIRA, 17-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichov Misrning "Orascom Investment Holding" kompaniyasi rahbari Nagib Saviris bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Nagib Saviris O'zbekistonda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlarni qo'llab quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Muloqot chog'ida misrlik investor tomonidan O'zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalar haqida fikr almashinildi. Misrlik tadbirkorning aytishicha, hozirda unga tegishli "Nile Sugar" kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hamda "In2Metals" kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida olib borilayotgan geologik ishlar amalga oshirilmoqda.
Tomonlar "Orascom Investment Holding"ning O'zbekistondagi loyihalarini jadallashtirish va yangi investitsiyaviy dasturlarni birgalikda o'rganishga kelishib oldilar.
Nagib Saviris – misrlik yirik tadbirkor va Yaqin Sharqdagi telekommunikatsiya hamda investitsiya sohalarining eng nufuzli shaxslaridan biridir. U "Orascom" konglomeratiga egalik qiluvchi nufuzli Savirislar oilasining yetakchi a'zosi sanaladi. Uning "Orascom Telecom Holding" kompaniyasi 2021-yilgacha "Euronews" telekanalining asosiy ulushiga egalik qilgan. Nagib Saviris tog'-kon sanoati, OAV va turizm sohalariga ham sarmoya kiritishi bilan tanilgan. Biznesdan tashqari, u xayriya faoliyati bilan faol shug'ullanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi